- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Joriy yilning 4 sentabr sanasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali direktori Nurbek Yo'ldoshev boshchiligida bir guruh talabalar qatag'on qurboni bo'lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o'rganish, targ'ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahridagi "Shahidlar xotirasi" maydoniga, shuningdek, "Qatag'on qurbonlari" muzeyiga tashrifi amalga oshirildi.
Shahidlar xotirasi yodi talabalarga o'z milliy o'zligini anglash, o'z xalqining madaniyati, tili va qadriyatlarini hurmat qilishga yordam beradi. Bu ularda milliy g'urur tuyg'usini shakllantiradi va Vataniga sadoqat ruhida tarbiyalaydi.