Biotexnologiya, ekologiya va o‘rmonchilik kafedrasi oyligi yakunlandi

Biotexnologiya, ekologiya va o‘rmonchilik kafedrasi oyligi yakunlandi

Kecha, 30-aprel kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida Biotexnologiya, ekologiya va o‘rmonchilik kafedrasi oyligining yakuniga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

“Zakovat” intellektual o‘yinini Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Doniyorov ochib berib, barcha jamoalarga omad tiladi. Shuningdek, talabalarning bunday bellashuvlarda ishtiroki nafaqat bilimlarini kengaytirishi, balki, ularda mantiqiy tafakkur, jamoaviy ishlash va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishini ta’kidladi.

Kafedra oyligi yakuniga bag‘ishlangan “Zakovat” o‘yini talabalar uchun aql, mantiq va topqirlik sinoviga aylandi. Bellashuv davomida talabalar bilim darajasi, tezkor fikrlash va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etishdi.

Intellektual o‘yin yakunida g‘olib bo‘lgan va faol ishtirok etgan talabalarga esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi. Shu bilan birga, kafedra oyligini tashkil qilishda ko‘rsatgan fidoyiligi e’tirof etilib, guruh professor-o‘qituvchilariga "Tashakkurnoma"lar taqdim etildi.

Kafedra oyligi doirasida 20 ga yaqin o‘quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga doir tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan, 3 ta seminar-trening, 3 ta turli mavzulardagi ko‘rik-tanlov, 6 ta ochiq ma’ruza darsi, 4 ta ochiq laboratoriya mashg‘uloti va 4 ta davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur kafedra oyligi davomida 2 marotaba tadbirlar ommaviy-axborot vositalari orqali yoritildi. Shuningdek, filialning veb-sahifasi va telegram kanalida 28 ta xabar va postlar e’lon qilindi.

Biotexnologiya, ekologiya va o‘rmonchilik kafedrasi oyligi davomida talabalar nafaqat o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashdi, balki, ekologik madaniyat va zamonaviy biotexnologik yo‘nalishlardagi yangiliklarga ham chuqurroq nazar tashlash imkoniga ega bo‘lishdi. Tadbirlar talabalarning intellektual va ilmiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qildi.

  

  

  

Matbuot kotibi: A.Ergashev


Foydali manzillar