- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Bugun, 28-aprel kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi oyligining yakuniga bag‘ishlangan tantanali hisobot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Filial direktori v.v.b O.Sulaymanbekov kirish so‘zi bilan ochib, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab filialda an’anaga aylangan kafedra oyliklarining ta’lim sifatini oshirishdagi, talabalar bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi tomonidan aprel oyi davomida o‘tkazilgan oylik jarayoni yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etilganini alohida e’tirof etdi. Shu munosabat bilan Filial direktori v.v.b O.Sulaymanbekov kafedra mudiri, pedagogika fanlari doktori, dotsent Sh.Kenjayev va kafedra jamoasiga o‘z minnatdorligini bildirdi.
Hisobot tadbiri davomida talabalar Vatan, muhabbat va do‘stlikni tarannum etuvchi she’rlar bilan chiqish qildilar. She’rlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida ifodali tarzda o‘qildi va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, O‘zbekiston rus milliy madaniyat markazi vakillari tomonidan tayyorlangan madaniy-ko‘ngilochar konsert dasturi namoyish etildi. Dastur davomida rus xalq qo‘shiqlari, musiqalari va raqslari ijro qilindi.
O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi oyligi doirasida 20 dan ortiq o‘quv, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga doir tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, 1 ta ilmiy amaliy seminar, 2 ta madaniy-ko‘ngilochar konsert dasturi, 8 ta turli mavzudagi tanlov, 10 ga yaqin ochiq amaliy dars, 2 ta davra suhbati, shuningdek, talabalarning muzey va uy-mezeylariga tashriflari amalga oshirildi. Mazkur kafedra oyligida 300 dan ortiq talabalar qamrab olindi. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari tomonidan kafedra oyligida tashkil etilgan tadbirlarga bag‘ishlab 3 ta reportaj tayyorlandi. Filialning rasmiy veb-sahifasi va telegram tarmog‘ida 31 ta xabar va fotolavhalar e’lon qilindi.
O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi oyligi davomida talabalar nafaqat o‘z bilimlarini mustahkamlashdi, balki turli millatlarning milliy madaniyati va san’atiga ham yaqinroq bo‘lish imkoniga ega bo‘lishdi. Tadbirlar talabalarning ijodiy va intellektual salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qildi.





Matbuot kotibi: A.Ergashev