Xalqaro veterinariya kuni munosabati bilan futzal musobaqasi o‘tkazildi

Xalqaro veterinariya kuni munosabati bilan futzal musobaqasi o‘tkazildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida 26-aprel — Xalqaro veterinariya kuni munosabati bilan talabalar o‘rtasida futzal musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqaning final bosqichi bugun, 28-aprel kuni bo‘lib o‘tdi. Unda har bir fakultetda o‘tkazilgan saralash bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar o‘zaro kuch sinashdi.

Filial bosqichi uchrashuvlarida dastlab Iqtisodiyot va Texnologiyalar fakultetlari jamoalari maydonga tushishdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahsda Texnologiyalar fakulteti jamoasi 1-4 hisobida zafar quchdi.

Keyingi bellashuvda esa Veterinariya meditsinasi fakulteti va Iqtisodiyot fakulteti jamoalari to‘qnash kelishdi. Ushbu o‘yinda Iqtisodiyot fakulteti jamoasi 1-5 hisobida g‘alaba qozondi.

Musobaqaning uchinchi va so‘nggi o‘yinida Texnologiyalar fakulteti hamda Veterinariya meditsinasi fakulteti jamoalari maydonga chiqishdi. Qiziqarli va shiddatli o‘tgan bahsda Texnologiyalar fakulteti 3:2 hisobida g‘alabani tantana qildi.

Musobaqa yakunida natijalar quyidagicha aniqlandi:

1-o‘rin — Texnologiyalar fakulteti jamoasi (6 ochko),

2-o‘rin — Iqtisodiyot fakulteti jamoasi,

3-o‘rin — Veterinariya meditsinasi fakulteti jamoasi.
Mazkur musobaqa Xalqaro veterinariya kunining ahamiyatini yoshlar orasida keng targ‘ib etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda jamoalar o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

 

 

 

 

Matbuot kotibi: A.Ergashev


Foydali manzillar