- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali Magistratura bo‘limi 1-bosqich magistrantlari ilmiy rahbari, Hayvonlar morfofiziologiyasi va yuqumsiz kasalliklar kafedrasi mudiri v.f.f.d. (PhD) S.Qosimov nazorati ostida magistrlik ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.
Magistrantlar yosh hayvonlarda uchraydigan A va D gipovitaminozlari hamda mahsuldor qoramollarda subklinik ketoz kasalligi tarqalishini aniqlash maqsadida fermer xo‘jaliklarida dispanser tekshiruvlar o‘tkazib borishmoqda.
Bugun tadqiqotlar davomida hayvonlardan qon namunalari olinib, ozuqa tahlili amalga oshirildi. Klinik belgilari o‘rganilib maxsus ekspres test yordamida qondagi keton miqdori aniqlandi. Shuningdek, hayvonlarning saqlash sharoitlari ham batafsil tahlil qilindi.

Matbuot kotibi: A.Ergashev