- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Joriy yilning 25-aprel kuni Veterinariya ishini tashkil etish va veterinariya sanitariya ekspertizasi kafedrasi assistenti K.Komiljonov tomonidan Veterinariya meditsinasi ta'lim yo‘nalishining 4-bosqich talabalari uchun “Veterinariya toksikologiyasi” fanidan “Og‘ir metal tuzlari diagnostikasi” mavzusida laboratoriya mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida og‘ir metallarning organizmga toksik ta’siri, ularning biologik to‘qimalarga kirib borishi va oqsillar bilan reaksiyaga kirishish xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ayniqsa, tuxum oqsilining og‘ir metal tuzlari bilan reaksiyaga kirib, albuminat (cho‘kma) hosil qilishi amaliy tajriba orqali talabalarga namoyish etildi.
Tajriba og‘ir metallarning oqsil tuzilmasini buzishi va organizm funksiyalarini izdan chiqarishi jarayonini aniq ifodalab berdi.

Matbuot kotibi:A.Ergashev