- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Chorvachilik va parrandachilikni qo‘llab-quvvatlash, sohada yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–34-sonli qarorining 6-bandida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 23–24-aprel kunlari Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida navbatdagi amaliy o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv-seminar Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi hamda uning Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlaridagi tizim tashkilotlari mutaxassislari ishtirokida tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi – sut va sut mahsulotlarining xavfsizligi ko‘rsatgichlarini aniqlash, ularni laboratoriya sharoitida tekshirish, namunalarni to‘g‘ri olish va olingan natijalarni chuqur tahlil qilish orqali ushbu yo‘nalishda malaka oshirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.
Ikki kun davom etgan o‘quv-seminar doirasida filialning professor-o‘qituvchilari tomonidan nazariy ma’ruzalar hamda laboratoriya sharoitidagi amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ma’ruzalarda sut mahsulotlarida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan mikrobiologik, fizik-kimyoviy va toksikologik xavflar, ularni aniqlash usullari, shuningdek, xalqaro va milliy standartlarga muvofiq tekshiruv uslublari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Laboratoriya mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilar sut mahsulotlaridan namunalarni to‘g‘ri olish, ularni belgilangan talablarga muvofiq saqlash va tashish, zamonaviy diagnostik uskunalar yordamida tahlil qilish hamda natijalarni umumlashtirish ko‘nikmalarini mustahkamlashdi. Tadbir yakunida o‘quv-seminar qatnashchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Mazkur tadbir nafaqat mutaxassislar malakasini oshirish, balki oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash orqali aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash va eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.





Matbuot kotibi: A.Ergashev