Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi

Joriy yilning 24-aprel kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mutaxassislari ishtirokida “Xalqaro pul haftaligi” doirasida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur tadbir yoshlarda moliyaviy madaniyatni yuksaltirish, ularni zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda ongli moliyaviy qarorlar qabul qilishga o‘rgatish, shuningdek, shaxsiy byudjet yuritish, jamg‘arma shakllantirish va xavfsiz investitsiya qilish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni oshirish maqsadida o‘tkazildi.

Trening davomida ishtirokchilarga quyidagi yo‘nalishlarda ma’ruzalar va tushuntirish ishlari olib borildi:

Moliyaviy savodxonlikning zamonaviy asoslari – daromad va xarajatlar muvozanatini saqlash, byudjetni rejalashtirish, moliyaviy intizomni shakllantirish;

Bank omonatlari turlari va ularning iqtisodiy afzalliklari – talab qilib olunguncha, muddatli va maqsadli jamg‘arma omonatlari yuzasidan batafsil tushunchalar;

Finlit.uz platformasi haqida taqdimot – raqamli moliyaviy savodxonlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy elektron platformaning imkoniyatlari.
Tadbir davomida talabalar moliyaviy xavfsizlik, shaxsiy aktivlar va passivlar muvozanatini saqlash, inflyatsiya va kredit tushunchalari, moliyaviy rejalashtirish tamoyillari bo‘yicha amaliy maslahatlar va tavsiyalar oldilar. Seminar savol-javoblar, real hayotiy misollar va interaktiv mashg‘ulotlar bilan boyitildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga milliy bank tizimidagi omonatlarning qonuniy kafolatlari, bank infratuzilmasining ishonchliligi va aholining moliyaviy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan davlat siyosati haqida huquqiy axborotlar ham taqdim etildi.

Mazkur tadbir yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirishga, ularni iqtisodiy jihatdan mustaqil va ijtimoiy faol shaxs sifatida shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim amaliy bosqich bo‘lib xizmat qildi.

 

 

 

Matbuot kotibi: A.Ergashev


Foydali manzillar