- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-maydagi 206-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kursi Markazi hamda “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida 2025-yil 17-aprel kuni Tashkent City Hilton mehmonxonasida “Tech Horizon 2025: IT va innovatsiyalar sammiti” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjuman sun’iy intellekt, raqamli ta’lim texnologiyalari, innovatsion yondashuvlar hamda IT sohasidagi global tendensiyalarni muhokama qilish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
Ushbu nufuzli xalqaro tadbirda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Doniyorov Shohrux Zafarovich ham ishtirok etdi.

Anjuman doirasida ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish, innovatsion yondashuvlarni ta’lim jarayoniga joriy etish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ulardan amaliyotda foydalanish borasida muhim fikr va takliflar ilgari surildi.

Matbuot kotibi: A.Ergashev