"Registrator ofisi" faoliyati o‘rganildi

"Registrator ofisi" faoliyati o‘rganildi

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab mamlakatimizdagi barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yurita boshlagan “Registrator ofisi” tizimi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida ham joriy etildi. Joriy yilning 10-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi filialga tashrif buyurib, “Registrator ofisi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida yangi tuzilma uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ofis faoliyatining funksional vazifalari, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, moddiy-texnik baza bilan ta’minlanganlik darajasi, xodimlarning kasbiy malakasi kabi bir qator muhim jihatlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, filial mas’ul xodimlariga faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi.

 

O‘rganish yakunida “Registrator ofisi” faoliyatini yanada takomillashtirish, talabalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

 

 

Matbuot kotibi: A.Ergashev


Foydali manzillar