- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida 2025-yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha tayanch doktorant, doktorant hamda stajyor-tadqiqotchilarning hisobotlarini tinglash jarayoni davom etmoqda.

2025-yil 7-apreldan boshlangan ushbu jarayon 12-aprelgacha davom etadi. Har kuni ixtisoslik yo‘nalishlariga muvofiq alohida guruhlarda tashkil etilayotgan taqdimotlarda tadqiqotchilar o‘z ilmiy-tadqiqot faoliyatining natijalarini bayon etmoqdalar.
Taqdimotlar davomida:
Ilmiy maqolalar nashri;
Ilmiy anjumanlardagi ishtiroklar;
Ilmiy rahbarlar bilan hamkorlikdagi ishlar;
Xorijiy tillarni o‘zlashtirish borasidagi yutuqlar;
Shaxsiy ish rejalari doirasidagi vazifalarning bajarilishi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etilmoqda.

Ishchi guruh a’zolari tomonidan har bir taqdimot tizimli tahlil qilinib, ilmiy faoliyatni yanada samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda. Mazkur jarayon yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish va izlanishlar sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Matbuot kotibi: A.Ergashev