- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi oyligi doirasida bir qator ijodiy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, bugun kafedra o‘qituvchilari N.Ishanova, Z.Nazirova, N.Suyerova hamda S.Umarovalar tashabbusi bilan “Знай, изучай, люби русский язык” (“Rus tilini bil, o‘rgan, sev”) shiori ostida devoriy gazeta tanlovi tashkil etildi. Ushbu tanlov orqali talabalar rus tilini o‘rganishdagi qiziqishlarini namoyon etish bilan birga, ijodiy salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Tanlov doirasida kafedra tomonidan tayyorlangan rang-barang devoriy gazetalar orqali rus tili, adabiyoti, mashhur yozuvchilari, maqol va matallari haqida boy va mazmunli materiallar taqdim etildi. Shu bilan birga, kafedra o‘qituvchilari tomonidan til bilimini oshirishga qaratilgan interaktiv topshiriqlar ham tashkil etilib, ularda talabalar va professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etishdi.

Ertalab darslarga kelish va tanaffus vaqtlarida o‘tkazilgan ushbu interaktiv mashg‘ulotlarda ishtirokchilar rus tilidagi maqollarni to‘g‘ri tarjima qilish, iboralarning to‘g‘ri ketma-ketligini aniqlash va ularni kontekstga mos joylashtirish kabi topshiriqlarni bajarishdi. Har bir ishtirokchining javoblari o‘qituvchilar tomonidan baholab borildi, faol qatnashganlarga rag‘bat tariqasida esdalik sovg‘alari ham topshirildi.

Bunday tadbirlar talabalarning rus tiliga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirish, o‘z fikrini aniq va to‘g‘ri ifodalash, talabalarda xalqaro muloqotni rivojlantirishga maqsadida o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga, ushbu ko‘ngilochar tanlov orqali professor-o‘qituvchi va talabalarga ko‘tarinki kayfiyat ulashilmoqda.
Matbuot xizmati