Aprel – “Biotexnologiya, ekologiya va o‘rmonchilik” kafedrasi oyligi!

Aprel – “Biotexnologiya, ekologiya va o‘rmonchilik” kafedrasi oyligi!

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida aprel oyi mobaynida "Biotexnologiya, ekologiya va o'rmonchilik" kafedrasi oyligi o'tkaziladi. Ushbu oylik doirasida kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan ekologiya, biotexnologiya va o'rmonchilik sohalaridagi zamonaviy yutuqlar va ilmiy ishlanmalarga bag'ishlangan bir qator tadbirlar tashkil etiladi.

Jumladan, seminar-trening va ochiq ma'ruza darslari, biotexnologiya va ekologiya sohalaridagi nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash maqsadida, talabalar uchun interaktiv mashg'ulotlar va laboratoriya ishlari hamda ekologik aksiyalar, tabiatni muhofaza qilish bo'yicha turli tashabbuslar amalga oshiriladi.

Ushbu tadbirlar orqali talabalarni ekologiya va biotexnologiya sohalaridagi zamonaviy yutuqlar bilan yaqindan tanishtirish, ularning ilmiy faoliyatga bo'lgan qiziqishlarini oshirish hamda o'rmonchilik va tabiatni asrashga bo'lgan mas'uliyatini yuksaltirish maqsad qilingan.

"Biotexnologiya, ekologiya va o'rmonchilik" kafedrasi oyligida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi

Matbuot xizmati


Foydali manzillar