- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida “Ma’rifat darsi” tashkil etildi. Unda Filial direktori v.v.b. Sulaymanbekov Oybek Dustbekovich mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlar haqida ma’ruza qildi.

Ma’rifat darsi davomida so‘nggi yillardagi islohotlarning mohiyati, ularning iqtisodiyot va ijtimoiy hayotga ta’siri atroflicha muhokama qilindi. Talabalar jamiyatda kechayotgan o‘zgarishlar va ularning aholi turmushiga ta’siri haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Yoshlarning faolligini oshirish, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash va ta’lim jarayonida islohotlarning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglashiga qaratilgan fikr almashinuvlar bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 11-13-mart kunlari Fransiya Respublikasiga bo‘lgan tarixiy tashrifi doirasida erishilgan kelishuv va hamkorliklar haqida talabalarga tushuntirishlar berildi.

Dars yakunida talabalar mavzuga oid savollar bilan ishtirok etib, ma’ruzachidan batafsil javob oldilar. Ma’rifat darsi talabalar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va talabalarning intellektual rivojlanishi hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.
Matbuot kotibi: A.Ergashev