Respublika fan olimpiadasiga start berildi!

Respublika fan olimpiadasiga start berildi!

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida Respublika fan olimpiadasi bo‘lib o‘tadi!

Respublika fan olimpiadasi talabalarning bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazish, eng iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularni ilmiy izlanishlarga yo‘naltirish maqsadida an'anaviy tarzda har yili o‘tkazib kelinadi.

Respublika fan olimpiadasi quyidagi fanlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:
✔️Veterinariya zoologiyasi
✔️Hayvonlar fiziologiyasi
✔️Hayvonlar biokimyosi
✔️Hayvonlar patofiziologiyasi
✔️Ichki yuqumsiz kasalliklar
✔️Hayvonlar morfofiziologiyasi
✔️Veterinariya-sanitariya ekspertizasi
✔️Hayvonlar genetikasi va biotexnologiyasi
✔️Biologiya
✔️Ekologiya
✔️Operativ xirurgiya va topografik anatomiya

Olimpiada NIZOMI

Olimpiada 2-bosqichda quyidagi sanalarda tashkil etiladi:
1-bosqich (Filial bosqichi): 13-14-mart
1-bosqich (Respublika bosqichi): 2-4-aprel

Respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichi  SamDVMCHBU Nukus filialida markazlashgan tartibda bo‘lib o‘tadi

Murojaat uchun: (90) 993-94-01


Foydali manzillar