- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Joriy 2025-yil – “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” munosabati bilan Toshkent davlat agrar universitetida bugun, 28-fevral kuni “Yangi O‘zbekistonda – ilm, fan qaldirg‘ochlari” mavzusida ikkinchi talabalar Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5853, PF-6097-son farmonlari va PQ-216-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar bilan shug‘ullanayotgan doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.
Ushbu nufuzli anjumanda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialining bir guruh iqtidorli talabalari Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i N.Aminova boshchiligida faol qatnashdilar.

Talabalar o‘z ilmiy ishlari bilan anjuman doirasidagi muhokamalarda ishtirok etib, agrar sohadagi innovatsion yondashuvlar, barqaror rivojlanish va ekologik muammolarga oid masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Ushbu ishtirok yosh tadqiqotchilar uchun o‘z salohiyatlarini namoyon etish, yangi ilmiy yutuqlarga erishish va tajriba almashish imkonini yaratdi.

Filial iqtidorli talabalarining ilmiy anjumanlarda ishtiroki ularning ilmiy izlanishlarini rivojlantirish va kelajakdagi ilmiy faoliyatiga mustahkam poydevor yaratishga xizmat qiladi.
Matbuot xizmati