Filial direktori Latviyadan tashrif buyurgan konsultant-trenerni qabul qildi

Filial direktori Latviyadan tashrif buyurgan konsultant-trenerni qabul qildi

Bugun, 27-fevral kuni, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida Latviyaning BIOR Oziq-ovqat xavfsizligi, hayvonlar salomatligi va atrof-muhit instituti kimyo laboratoriyasi rahbari Vadim Bartkevich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Filial direktori, veterinariya fanlari doktori, professor Xamdamov Xabibulo Ablokulovich mehmonni qabul qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-noyabrdagi PQ-4538-sonli qarori hamda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Chorvachilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashdi.

Uchrashuvda veterinariya laboratoriyalarining rivoji, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ushbu loyiha doirasida bugun Vadim Bartkevich tomonidan filial professor-o‘qituvchilari uchun veterinariya laboratoriyasida biokimyoviy usullar bo‘yicha amaliy trening tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv va kelgusida xorijlik konsultant va trenerlar tomonidan o‘tkaziladigan treninglar filialimizda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, xalqaro tajribani o‘rganish va ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Matbuot xizmati
 


Foydali manzillar