- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida bugun, 21-fevral kunida “Respublikamizda iqlim o‘zgarish sharoitida chorvachilik sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjuman chorvachilik va qishloq xo‘jaligi sohalarining dolzarb muammolarini tahlil qilish, iqlim o‘zgarishining ushbu yo‘nalishlarga ta’sirini o‘rganish hamda barqaror rivojlanish yo‘llarini belgilash maqsadida tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Toshkent davlat agrar universiteti, Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti, Qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalashtirish ilmiy tadqiqot instituti hamda boshqa nufuzli ilmiy muassasalarning yetakchi mutaxassislari ishtirok etdilar.

Anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘balar faoliyat olib bordi:
✅ 1-Sho‘ba – Hozirgi kunda chorvachilik sohasini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarning ahamiyati.
✅ 2-Sho‘ba – Iqlim oʻzgarishining chorvachilik va veterinariya sohalariga taʼsiri.
✅ 3-Sho‘ba – Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab-quvvatlash.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Konstruktorlik byurosi va tajribaviy ishlab chiqarish ilmiy-texnik markazi bosh ilmiy xodimi Kuzmetov Abdulahmet Raymberdiyevich (b.f.d., professor), Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti yetakchi olimi Xafizov Inoyat Ismoilovich (q.x.f.n.), Toshkent davlat agrar universiteti o‘qituvchisi Bekkamov Chorshanbi Ismailovich (q.x.f.d., professor), Qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalashtirish ilmiy tadqiqot instituti laboratoriya rahbari Qurambayev Baxtiyor Rajabovich (t.f.n., k.i.x.) va boshqa yetakchi mutaxassislar ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.

Anjuman davomida chorvachilik sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, suv va ozuqa resurslaridan samarali foydalanish, yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar ilgari surildi. Xususan, iqlim o‘zgarishi sharoitida barqaror chorvachilikni yo‘lga qo‘yish, seleksiya va genetik tadqiqotlarni kengaytirish, shuningdek, energiya tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Anjuman yakunida mutaxassislar tomonidan chorvachilik va veterinariya sohalarining barqaror rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Axborot xizmati