- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Bugun, 21-fevral sanasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali va Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi o‘rtasida "Kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi" imzolandi. Ushbu hujjatga Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi direktori v.v.b. N. Karimova hamda Filial direktori Xamdamov Xabibulo Ablokulovich imzo chekdilar.

Filial direktori Xamdamov Xabibulo Ablokulovich memorandum imzolanishi munosabati bilan quyidagilarni ta’kidladi:
"Bugungi kunda veterinariya va oziq-ovqat xavfsizligi sohasi ilmiy-amaliy hamkorlikni talab etadi. Bizning filial talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun bu memorandum ilmiy izlanishlar olib borish, zamonaviy laboratoriyalarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish hamda mutaxassislar tajriba almashishiga keng imkoniyat yaratadi. Ushbu hamkorlik natijasida sohaga doir yangi ilmiy ishlanmalar va ilg‘or texnologiyalar amaliyotga tatbiq etiladi."

Davlat markazi direktori v.v.b. N. Karimova esa memorandumning ahamiyatiga alohida urg‘u berib, shunday dedi:
"Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash, hayvon kasalliklarini tashxislash va profilaktika choralarini ko‘rishda muhim o‘rin tutadi. Universitet filiali bilan hamkorlik bizga yangi ilmiy ishlanmalarni hayotga tadbiq etish, yosh mutaxassislarni sohaga jalb qilish va ularga amaliy bilim berish imkonini yaratadi. Bu esa, o‘z navbatida, veterinariya va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi."

Mazkur memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik olib boradi:
✅ Ilmiy-tadqiqot ishlari hamda amaliy tajribalar almashinuvi;
✅ Talabalar uchun amaliyot va stajirovkalarni tashkil etish;
✅ Veterinariya va oziq-ovqat xavfsizligi yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish;
✅ Mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish.

Kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi doirasida amalga oshiriladigan hamkorlik ishlari natijasida filial talabalarining zamonaviy usullar asosida ta’lim olish imkoniyatlarining kengayishi, zamonaviy diagnostika usullari va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muntazam ravishda treninglar o‘tkazilishi, talabalarning Davlat markaziga qarashli laboratoriyalarda amaliyot o‘tashi hamda bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash masalasida davlat va xususiy sektor o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘ygan holda, yosh mutaxassislar uchun yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.
Axborot xizmati