- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida kecha 17-fevral sanasida "Hayvonlar morfofiziologiyasi va yuqumsiz kasalliklar" kafedrasi oyligi doirasida navbatdagi muhim ochiq ma’ruza mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mazkur mashg‘ulot kafedraning katta o‘qituvchisi S.Asqarxo‘jayev tomonidan "Nafas olish tizimi kasalliklari" mavzusida tashkil etildi.

Ma’ruza mashg‘uloti orqali talabalarga hayvonlarning nafas olish tizimi tuzilishi, uning kasalliklari va oldini olish choralariga oid nazariy hamda amaliy bilimlar yetkazildi. Shuningdek, talabalarga nafas olish organlarining anatomik va fiziologik xususiyatlari, hayvonlarda uchraydigan asosiy nafas yo‘llari kasalliklari va ularning sabablari haqida ma’lumotlar bo‘yicha taqdimot namoyish qilindi.

Dars jarayonida mavzuga oid vizual materiallar, klinik misollar hamda interaktiv muhokamalar orqali talabalar bilimlarini mustahkamladilar. Ushbu ochiq ma’ruza talabalar tomonidan qizg‘in qiziqish bilan qarshi olindi va kasbiy faoliyat uchun muhim bo‘lgan nazariy hamda amaliy bilimlarni oshirishga xizmat qildi.

Axborot xizmati