Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakili Kseniya Longo Filialga tashrif buyurdi

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakili Kseniya Longo Filialga tashrif buyurdi

Kecha, 17-fevral sanasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakili Kseniya Longo Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamda GIZ hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda veterinariya va chorvachilik sohalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” grant loyihasi doirasida tashkil etildi.

Tashrif davomida Kseniya Longo Filialning O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari G‘.Eshmatov bilan uchrashuv o‘tkazib, veterinariya va chorvachilik sohalarini rivojlantirishda o‘quv-ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha fikr almashdi. Ushbu muloqot natijasida loyiha doirasida xorijda chop etilgan 8 ta nomdagi 11 ta ilmiy adabiyot universitetga taqdim etildi. G‘.Eshmatov ushbu qimmatli adabiyotlarni rasman qabul qilib olib, Filialning Axborot-resurs markazi fondiga topshirdi.

 

Mazkur ilmiy adabiyotlar veterinariya va chorvachilik sohalarining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, Filial professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun bebaho manba bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. Ushbu grant loyihasi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, ilmiy salohiyatni oshirish va zamonaviy bilimlarni targ‘ib qilish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Filial rahbariyati nomidan O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari G‘.Eshmatov ushbu qo‘llab-quvvatlov uchun GIZ tashkilotiga minnatdorchilik aytib bunday hamkorlik loyihalari kelgusida ham samarali davom etishiga umid bildirdi.

Matbuot xizmati


Foydali manzillar