Hayvonlar anatomiyasi fanidan ochiq ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi

Hayvonlar anatomiyasi fanidan ochiq ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida joriy yilning 17-fevral kuni "Hayvonlar morfofiziologiyasi va yuqumsiz kasalliklar" kafedrasi oyligi doirasida Ilmiy-ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor  o‘rinbosari, veterinariya fanlari falsafa doktori, dotsent Doniyorov Shoxrux Zafarovich tomonidan “Siydik ajratish organlarining tuzilishi” mavzusida ochiq ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi.

 

Mazkur ochiq dars hayvonlarning siydik ajratish tizimi tuzilishi va uning fiziologik xususiyatlarini ilmiy asosda o‘rganishga bag‘ishlandi. Ma’ruza davomida talabalarga bu tizimning organizm hayotiy faoliyatidagi roli, siydik ajratish organlarining ishlash mexanizmlari va ularning asosiy funksiyalari batafsil yoritib berildi. Shuningdek, bu jarayonlarning turli hayvon turlarida qanday kechishi va patologik holatlar bilan bog‘liq ilmiy tahlillar ham muhokama qilindi.

Dars davomida talabalar siydik ajratish organlari faoliyatiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega bo‘lishdi. Ma’ruzada ilmiy-nazariy yondashuv bilan birga, sohaga oid amaliy jihatlar ham keng yoritilib, zamonaviy veterinariya fanining dolzarb masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Matbuot xizmati


Foydali manzillar