Mahallalarda bepul tayyorlov kurslari targ‘ib qilindi!

Mahallalarda bepul tayyorlov kurslari targ‘ib qilindi!

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 07-yanvarda "Oliy ta'lim tashkilotlarida abituriyentlar, jumladan kambag'al va kam ta'minlangan oilalarning bitiruvchi sinfdagi farzandlari uchun tayyorlov kurslarini tashkil etish to'g'risida"gi 18-sonli buyrug'i ijrosini ta’minlash maqsadida bepul tayyorlov kurslari tashkil etildi. Ushbu kurslarga Filialga yaqin hududda joylashgan mahallalardagi yoshlarni jalb qilish maqsadida Veterinariya meditsinasi fakulteti mas'ullari tomonidan targ‘ibot ishlari olib borildi. 

 

Jumladan, Filial va mahalla hamkorligini rivojlantirish, mahallalardagi uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda ko‘maklashish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi farzandlarini maktabdan keyingi oliy ta’lim muassasalariga tayyorgarlik ko‘rishlarida amaliy yordamlar berish maqsadida Katta Chinor, Nihol va Gulzor mahallalari mas'ullari bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, mahalla yoshlarini filialda faoliyat yuritayotgan tayyorlov kurslari va to‘garaklarida bepul o‘qitish ishlari muhokama qilindi. 

Shu bilan birga targ‘ibot tadbirlarida kurslarga ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni jalb etish, hamkorlikda mashg‘ulotlar jadvali va qatnashuvchilar ro‘yxatini shakllantirish hamda mahallalar va fakultet hamkorligini mustahkamlash, birgalikda sport musobaqlarini o‘tkazish, Filial kutubxonasidan mahalla yoshlarining erkin foydalanishlari bo‘yicha takliflar ilgari surilib, kelishuvlarga erishildi.

Matbuot xizmati

 

 


Foydali manzillar