Adabiyot va ijod ixlosmandlari uchun esda qolarli uchrashuv!

Adabiyot va ijod ixlosmandlari uchun esda qolarli uchrashuv!

Bugun filialimizda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Xalqaro Turon yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, yozuvchi va tarjimon Sulaymon Xaydarov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari O. Sulaymanbekov ochib berdi hamda mehmonni talabalarga tanishtirdi.

Sulaymon Xaydarov o‘z ma’ruzasida ikki buyuk siymo Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga to‘xtalib, ularning adabiy merosi haqida qiziqarli va hayotiy faktlarni ulashdi. Shundan so‘ng, o‘z ijodiy na’munalaridan namunalar o‘qib berdi. Xususan, Navoiy va Boburga atab yozgan muhammasi talabalar tomonidan katta qiziqish va olqish bilan kutib olindi.

 

Uchrashuv davomida talabalar shoirga turli savollar bilan murojaat qilishdi. Sulaymon Xaydarov esa adabiyot, tarjima san’ati va ijodiy jarayonlar yuzasidan o‘z qimmatli fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbir yakunida Texnologiyalar fakultetining faol va iqtidorli talabalariga shoirning kitoblari sovg‘a qilindi.

 

Bu uchrashuv talabalarda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish bilan birga, milliy adabiyotimiz va tilimizga bo‘lgan muhabbatni yanada mustahkamladi.

 

Matbuot xizmati


Foydali manzillar