- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida joriy yilning 13-fevral kunida Iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i N. Aminova ishtirokida iqtidorli talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Prezident va Nomdor davlat stipendiyalari hamda "Mirzo Ulug‘bek vorislari" respublika ko‘rik-tanlovi haqida batafsil ma’lumot berildi. Uchrashuv davomida Nomdor davlat stipendiyalarini qo‘lga kiritgan talabalar tanishtirilib, ular o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Talabalarga stipendiya tanlovlarida muvaffaqiyat qozonish yo‘llari haqida tavsiya va maslahatlar berildi. Iqtidorli yoshlarni ilmiy izlanishlarga keng jalb etish va ularga ko‘mak berish maqsadida tashkil etilgan ushbu uchrashuv talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Axborot xizmati