Hayvonlarni umumiy tekshirish bo‘yicha ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi

Hayvonlarni umumiy tekshirish bo‘yicha ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida Hayvonlar morfofiziologiyasi va yuqumsiz kasalliklar kafedrasi oyligi doirasida Klinik diagnostika va rentgenologiya fanidan "Umumiy diagnostika. Hayvonlarni umumiy tekshirish" mavzusida ochiq ma’ruza darsi tashkil etildi.

 Ochiq darsda kafedra dotsenti N.To‘raboyev tomonidan talabalarga hayvonlarning umumiy ahvolini baholash mezonlari, klinik diagnostika va tekshiruv usullari, rentgenologik tekshiruv asoslari bo‘yicha batafsil tushuntirish berildi.

Dars davomida talabalar nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, hayvonlarni umumiy tekshirish bo‘yicha muhim amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Interfaol shaklda o‘tgan ochiq ma’ruzada talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Mazkur ochiq dars hayvonlarni tekshirish bo‘yicha ilmiy va amaliy bilimlarni boyitishga xizmat qildi hamda talabalar uchun katta foyda keltirdi.

Axborot xizmati


Foydali manzillar