- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida buyuk mutafakkir, jahon adabiyotining yuksak siymosi Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, shoirlar Davron Rajab va Muhammad Siddiqlar mehmon sifatida ishtirok etishdi. Ular Alisher Navoiy ijodining badiiy yuksakligi, insonparvarlik g‘oyalari va adabiy merosining bugungi davr uchun ham dolzarbligi haqida so‘z yuritishdi.

Ma’rifiy uchrashuvda filial rahbariyati nomidan Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari O.Sulaymanbekov hamda O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari G‘.Eshmatov qatnashdi.
Tadbir davomida buyuk shoir asarlarining falsafiy mohiyati, uning milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, talabalar tomonidan Alisher Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qildi.

Matbuot xizmati