- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari Biogeotsenologiya fanidan kurs ishlarini himoya qilishdi. Himoya jarayonida Texnologiyalar fakulteti dekani O.Kuchchiyev, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i G‘.Soatov hamda Biotexnologiya, ekologiya va o‘rmonchilik kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Talabalar o‘z ilmiy ishlari doirasida ekotizimlar barqarorligi, biologik xilma-xillik va biogeotsenozlarning rivojlanish xususiyatlariga oid kurs ishlarini taqdimot qilishdi. Himoyalar yakunida ilmiy rahbarlar va professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarning ishlari yuqori baholanib, ularning ekologiya sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
