Yakuniy nazorat imtihonlari: shaffoflik va nazorat ostida

Yakuniy nazorat imtihonlari: shaffoflik va nazorat ostida

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida 2024-2025-o‘quv yilining birinchi yarim yilligi uchun Yakuniy nazorat imtihonlari davom etmoqda. Imtihon jarayonlarining shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari G‘.Eshmatov jarayon bilan yaqindan tanishdi. Jarayon davomida G‘.Eshmatovga Texnologiyalar fakulteti dekani O.Kuchchiyev va Iqtisodiyot fakulteti dekani N.Utapov hamrohlik qildi. Nazorat davomida imtihonlarning tashkil etilishi, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va baholash mezonlariga e’tibor qaratildi. 

 

 

Matbuot xizmati


Foydali manzillar