- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida buyuk mutafakkir, jahon adabiyotining yuksak siymosi Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari O.Sulaymanbekov ochib berdi. O.Sulaymanbekov buyuk bobomiz Alisher Navoiy ijodining milliy ma’naviyatimizdagi o‘rni, uning bebaho merosi va bugungi yosh avlod uchun ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, Tabiiy, ilmiy, gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat fanlari kafedrasidan falsafa fanlari nomzodi, dotsent F.Primova tomonidan Alisher Navoiy ijodi va hayoti haqida qimmatli ma’lumotlar taqdim etildi. Ma’ruzada mutafakkirning tafakkur olami, ma’rifatga xizmat qilgan asarlari va ularning jahon tamadduni rivojiga qo‘shgan hissasi batafsil yoritildi.

Tadbir badiiy chiqishlar bilan boyitildi. Talabalar tomonidan Alisher Navoiy g‘azallarining mahorat bilan ijro etilishi, milliy raqs san’atining nafis namunasi – "Tanovor" raqsining ijrosi tadbirga alohida fayz bag‘ishladi. Shuningdek, buyuk mutafakkirning zehn va tafakkur salohiyatini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishi ham namoyish etilib, tomoshabinlarga katta taassurot qoldirdi.
Mazkur tadbir ishtirokchilarga Hazrat Navoiy merosining betakror jilosini chuqur his etish imkonini berdi. Tadbir yakunida Filial rahbariyati va ustozlar bunday ma’naviy-ma’rifiy an’analar yoshlarning intellektual va ma’naviy kamolotida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, ilm yo‘lidagi sa’y-harakatlar doimo qo‘llab-quvvatlanishini bildirdilar.

Matbuot xizmati