Kiberxavfsizlik bo‘yicha muhim davra suhbati o‘tkazildi

Kiberxavfsizlik bo‘yicha muhim davra suhbati o‘tkazildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida talabalarning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlarini oshirish va kiberjinoyatchilikka doir firibgarliklardan ogoh etish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvda filial profilaktika katta inspektori O‘. Xalikov hamda Chilonzor tumani IIO FMB XPB Axborot texnologiyalari sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi inspektorlari mayor J. Shavkatullayev va katta leytenant A. Yuldashevlar ishtirok etishdi.

 

Davra suhbatida ekspertlar talabalarga internet makonidagi xavf-xatarlar, kiberjinoyatlar turlari va ulardan himoyalanish usullari haqida ma’lumot berishdi. Shuningdek, ular internetda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, phishing va boshqa firibgarlik turlari haqida batafsil tushuntirishlar berib, talabalarning savollariga javob berishdi.

 

Matbuot xizmati


Foydali manzillar