Filial talabalari "Universiada-2025" sport musobaqalarida faol ishtirok etmoqda

Filial talabalari "Universiada-2025" sport musobaqalarida faol ishtirok etmoqda

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularni sportga keng jalb etish maqsadida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida "Universiada-2025" sport musobaqalari davom etmoqda. Ushbu musobaqalar yanvar-fevral oylarida turli sport yo‘nalishlarida o‘tkazilayotgani bilan ahamiyatlidir.

 

Filialimiz talabalari ham Tabiiy, ilmiy, gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi o‘qituvchisi R.Hamidullayev boshchiligida ushbu nufuzli musobaqalarda munosib qatnashib kelmoqda. Xususan, kecha, 4-fevral kuni filialimiz talabalari shaxmat sport turi bo‘yicha "Universiada-2025" Toshkent shahar birinchiligida faol ishtirok etdilar.

Mazkur bellashuvda talabalarimiz o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, tajribalarini oshirib borishmoqda.

 

Filial matbuot xizmati talabalarga kelgusi bellashuvlarda omad tilaydi va sportdagi yutuqlari bilan bizni yanada quvontirishlariga ishonch bildiradi!

Matbuot xizmati


Foydali manzillar