- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Joriy yilning 4-fevral kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida “Hayvonlar yuqumli va parazitar kasalliklari” kafedrasi assistenti S.Axmedov tomonidan “Xizmat itlari uchun to'g'ri ratsion: sog‘lom oziqlanish va faoliyatga ta’siri” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-trening O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti, Jamoat tartibini saqlash xizmati, Xizmat itlari Naslchilik pitomnigi mutaxassislarining xizmat itlarini parvarishlash, ularni umumiy va maxsus o‘quv kurslariga tayyorlash hamda xizmat faoliyati davomida ularga to‘g‘ri oziq ratsionini tuzish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Seminar-trening davomida S.Axmedov xizmat itlarining oziqlanish xususiyatlari, ularning jismoniy va aqliy faolligiga ta’sir etuvchi omillar, to‘g‘ri ratsion tuzishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Mutaxassislar xizmat itlari uchun optimal ovqatlanish tizimini shakllantirish, ularning sog‘lom rivojlanishini ta’minlash va xizmat samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar oldilar.
Seminar yakunida Xizmat itlari Naslchilik pitomnigi vakillari tomonidan “Hayvonlar yuqumli va parazitar kasalliklari” kafedrasi assistenti S.Axmedovga minnatdorchilik bildirildi.
Matbuot xizmati