- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali Hayvonlar morfofiziologiyasi va yuqumsiz kasalliklar kafedrasi oyligi doirasida joriy yilning 3-fevral kuni “Zamonaviy veterinariya xizmati va erishilayotgan yutuqlar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treningni O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari G‘.Eshmatov ochib berib, mazkur kafedra tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etishda kafedra jamoasiga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbirda shuningdek, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Doniyorov, Veterinariya meditsinasi fakulteti dekani O.G‘oyipov, Ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i G‘.Soatov ham ishtirok etdi. Seminar-trening davomida veterinariya va chorvachilik sohasidagi yutuqlar, innovatsion yondashuvlar hamda talabalar bilimini mustahkamlashga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Matbuot xizmati