- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida talabalar o‘rtasida qishloq xo‘jalik ekinlarini o‘g‘itlash tizimini ishlab chiqish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni rivojlantirish, shuningdek, muhim ekologik masalalar bo‘yicha talabalarning qiziqishlarini oshirish maqsadida Tuproqshunoslik va agrokimyo fanidan "Qishloq xo‘jalik ekinlarini o‘g‘itlash tizimini ishlab chiqish" mavzusida ochiq amaliy dars o‘tkazildi.

Agrobiologiya va dorivor o‘simliklar yetishtirish kafedrasi o‘qituvchisi N.Ro‘ziyeva tomonidan tashkil qilingan dars talabalarning qishloq xo‘jalik ekinlarini o‘g‘itlash tizimini ishlab chiqish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash, ekologik muammolarga e’tiborni oshirish hamda talabalarning qiziqishlarini yanada rag‘batlantirishga xizmat qildi.
Amaliy dars davomida talabalar qishloq xo‘jalik ekinlarini o‘g‘itlash tizimi va me’yorlari haqida ma’lumot olish bilan birga tuproq tarkibidagi mikro va makroelementlarni tahlil qilishni o‘rgandilar. Shuningdek, o‘g‘itlarning tuproq unumdorligiga va ekologik holatga ta’siri haqida ilmiy bilimlarga ega bo‘ldilar. Talabalar laboratoriya mashg‘ulotlari orqali o‘z amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashdi. Ochiq amaliy dars davomida eng faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Dars jarayoni professor-o‘qituvchilar, Ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i G‘.Soatov hamda Texnologiyalar fakulteti dekani O.Kuchchiyev tomonidan kuzatilib, ochiq amaliy dars yuzasidan iliq fikrlar bildirildi.

Matbuot xizmati