- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida Filial psixologi Nargiza Norova tomonidan talabalar bilan muntazam ravishda ruhiy holatni yaxshilashga qaratilgan treninglar, maslahatlar va psixologik suhbatlar o‘tkazilib, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchlarini mustahkamlashga, kelajak sari dadil qadam tashlashlariga yordam berilmoqda. Bu kabi seminarlar talabalarning ruhiy barqarorligini oshirish, hayotga ijobiy nigoh bilan qarashlariga turtki berishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Joriy yilning 29-yanvar kunida Filial psixologi Nargiza Norova tomonidan tyutorlar bilan hamkorlikda "Shukronalik eng ulug‘ fazilat: shukronalikning psixologik ahamiyati" mavzusida psixologik seminar-trening tashkil etildi.

Seminar davomida shukronalik hissining inson ruhiyati va ijtimoiy hayotdagi o‘rni, uning inson salomatligiga ijobiy ta’siri haqida so‘z yuritildi. Shukronalik – insonning bor narsasiga qanoat qilishini, oilasi, Vatani, jamiyati uchun minnatdorlik hissini tuyishini ifodalovchi muhim fazilatdir. Bugungi kunda yurtimizda yoshlarning ta’lim olishi, ilmiy izlanish olib borishi, o‘z kasbiy mahoratini oshirishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu esa har bir talaba-yoshlarda Vatanga sadoqat, minnatdorlik va fidoyilik hissini kuchaytiradi.
Seminar davomida "Shukronalik kundaligi" texnikasi asosida talabalar hayotlaridagi ijobiy jihatlar, ularga berilgan imkoniyatlar va yutuqlari haqida yozib, shukronalik hissini mustahkamlashga harakat qilishdi. Talabalar "Minnatdorlik maktubi" mashg‘ulotida o‘zlarini ilhomlantirgan yoki hayotlarida ijobiy iz qoldirgan insonlarga minnatdorchilik xati yozib, shukronalik tuyg‘usining ruhiy farovonlikka ta’sirini his qilishdi. Shundan so‘ng, "Vatanga muhabbat va shukronalik" meditatsiyasi o‘tkazilib, yoshlar uchun mamlakatimizda yaratilayotgan shart-sharoitlar, ta’lim va taraqqiyot yo‘lidagi imkoniyatlar haqida fikr almashildi. Talabalar Vatanga sadoqat va minnatdorlik hissi haqida o‘z qarashlarini bildirishdi.

Matbuot xizmati