Jamoat tartibini saqlash xizmati va xizmat itlari Naslchilik pitomnigi mutaxassislari uchun navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi

Jamoat tartibini saqlash xizmati va xizmat itlari Naslchilik pitomnigi mutaxassislari uchun navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali “Hayvonlar yuqumli va parazitar kasalliklari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti, Jamoat tartibini saqlash xizmati va xizmat itlari Naslchilik pitomnigi mutaxassislarining kasbiy malakasini yuksaltirish hamda xizmat faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida hamkorlikda o‘quv seminar-treninglari o‘tkazib kelinmoqda.

Navbatdagi seminar-treningi joriy yilning 28-yanvar kunida “Hayvonlar yuqumli va parazitar kasalliklari” kafedrasi o‘qituvchisi F.Kamolov tomonidan o‘tkazildi. “Xizmat itlarida gastrit kasalligini kelib chiqish sabablari, klinik belgilari, davolash va oldini olish chora – tadbirlari” mavzusiga bag‘ishlangan seminar-treningda F.Kamolov tomonidan xizmat itlarida uchraydigan gastrit kasalligini kelib chiqish sabablari, klinik belgilari, davolash va oldini olish chora-tadbirlari, xizmat itlarni parvarishlash hamda ular saqlanadigan joylarning me’yorlari taqdimot qilinib, xizmat xodimlariga muhim ma'lumotlar yetkazildi. 

Shu bilan birga mutaxassislarga seminar-trening davomida Gastrit kasalligining klinik belgilari - ishtaha yo‘qolishi, kekirish, qayd qilish va hazm bo'lmagan ozuqaning o‘t suyuqligi bilan aralashib chiqishi, og‘iz bo‘shligining sarg‘ayishi, qorin bo‘shlig‘ida og‘riq, spazm, gipotoniya, ichaklar peristaltikasi oshishi, tilida ko‘k parda qoplashi, befarqlik, ko‘p yotish, gandiraklab yurish, ko‘p miqdorda suvsizlanish kabi klinik belgilar bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Matbuot xizmati


Foydali manzillar