“Oila mustahkamligi: qaynonalar va kelinlar muloqoti”

“Oila mustahkamligi: qaynonalar va kelinlar muloqoti”

"Oila va talaba-qizlar bilan ishlash" haftaligi doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali psixologi Nargiza Norova hamda fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari tomonidan Filialda ta’lim olayotgan yosh kelin talaba-qizlar hamda ularning qaynonalari ishtirokida "Oila mustahkamligi: kelin va qaynonalar o'rtasidagi munosabatlarning ahamiyati" mavzusida davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazildi.

Joriy yilning 25-yanvar kunida Filial mas'ullari tomonidan Chilonzor tumani "Shuhrat" mahalla fuqarolar yig‘ini rasmiylari bilan hamkorlikda navbatdagi uchrashuv tashkil qilindi. "Oila mustahkamligi: kelin va qaynonalar o'rtasidagi munosabatlarning ahamiyati" mavzusiga bag‘ishlangan uchrashuv davra suhbati ko‘rinoshida o‘tib, unda mahallada yashovchi, Filialda ta’lim olayotgan yosh kelin talaba-qizlar va ularning qaynonalari ishtirok etdilar. Davra suhbati davomida psixolog Nargiza Norova tomonidan har ikki tomon bilan oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, yosh kelinlarning oila muhitiga psixologik moslashishi bo‘yicha aniq misollar va hayotiy voqealar asosida tushuntirishlar olib borilib, muhim tavsiyalar berildi.

Fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari ham o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, oilani mustahkamlashda o‘zaro hurmat va tarbiyaning muhimligini ta’kidladilar. Shu bilan birga, qaynonalar ham oilaviy sog‘lom muhit yaratish yo‘lida nizoli vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish masalalarida o‘z tajribalarini yosh kelinlar bilan o‘rtoqlashdilar. Psixolog Nargiza Norova yosh kelinlar tomonidan berilgan savollarga javob berib, psixologik ko‘rsatmalar taqdim qildi.

Ta'kidlash joiz davra suhbati qiziqarli va samimiy ruhda o‘tib, unda ishtirok etgan qaynona va yosh kelinlar tomonidan bunday uchrashuvlarni muntazam tashkil etilishi taklifi bildirildi. Filial mas'ullari va "Shuhrat" mahalla fuqarolar yig‘ini rasmiylari bilan hamkorlikda mahallada oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni davomiy o‘tkazishni rejalashtirib oldilar.

Matbuot xizmati 


Foydali manzillar