"Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" oyligi doirasida davra suhbati o‘tkazildi

"Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" oyligi doirasida davra suhbati o‘tkazildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida poytaxtimizda joriy yilning 15-yanvaridan 15-fevraliga qadar o‘tkazilayotgan "Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" oyligi munosabati bilan “Biz yoshlar giyohvandlik va psixotrop moddalar jinoyatchiligiga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Mazkur davra suhbati yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatchilikning oldini olish, ular haqida kengroq tushuncha berish hamda yosh avlodni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish maqsadida o‘tkazilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi mas’ul xodimi Jonibek Yusupov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari mayor Bilolov Abbosbek va kapitan Suyunov Shaxzodbek hamda  Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi HPB katta inspektori podpolkovnik Xamidov Baxtiyorlar o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Tadbir orqali talaba-yoshlarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari, jamiyatga yetkazayotgan zararini tushuntirish va ushbu illatga qarshi kurashishning huquqiy hamda amaliy jihatlarini o‘rgatish bo‘yicha tushunchalar berildi. Davra suhbati davomida O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan narkotik vositalar savdosiga qarshi kurash chora-tadbirlari, yoshlar orasida huquqiy madaniyatni oshirish va bu borada amalga oshirilayotgan profilaktika ishlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarni jinoyatchilikdan asrash, ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini kuchaytirish, sport va ijodiy faoliyatga keng jalb etish orqali salbiy oqibatlarning oldini olish yo‘llari muhokama qilindi.

Mazkur tadbir yoshlarni giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurashda faol ishtirok etishga undash, ularning ongida salbiy illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish va sog‘lom turmush tamoyillarini targ‘ib qilishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

 

 

 

 

Matbuot xizmati

 

 


Foydali manzillar