- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning barcha sohalarida samara bermoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusning to‘rtinchisi sifatida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish belgilangan. Shu negizda ayni yo‘nalishda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yurtboshimiz rahbarligida ishlab chiqilgan va hayotimizga izchil tatbiq etilayotgan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi mamlakatimizni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi. Mazkur dasturilamal hujjat kitobxonlikni keng targ‘ib qilish yo‘nalishidagi ma’rifiy chora-tadbirlarning ham mantiqiy davomi hisoblanadi.
Taraqqiyot strategiyasida 100 dan ortiq ustuvor yo‘nalish belgilab berilgan. Jumladan, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, xalqimizni yuqori sifatli kitob va bosma mahsulotlar bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
“2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 72-maqsadida aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish nazarda tutilgan. Shu maqsadlar yo‘lida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida talabalar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida muntazam ravishda turli muoshoira kechalari, adabiyot kunlari, yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar tashkil qilib kelinmoqda.
Joriy yilning 21-yanvar kunida Filial axborot-resurs markazi boshlig‘i U.Mamataliyeva hamda Veterinariya meditsinasi va Texnologoiyalar fakulteti mas'ullari hamkorliga talabalarning Toshkent viloyati Zangiota tumani axborot-resurs markazida o‘tkazilayotgan "Kitob – qalb gavhari, ko‘ngil oftobi" mavzusidagi Kitobxonlik kuni tadbiriga tashrifi uyushtirildi.
Tadbir davomida kitobning ilm-ma’rifat va odob-axloq manbai sifatidagi o‘rni, kitobxonlikning inson tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Talabalar o‘zlari o‘qigan kitoblari va ulardan olgan taassurotlarini biralikda bo‘lishdilar. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan tashkil etilgan kitob ko‘rgazmasi doirasida adabiyotlar targ‘iboti olib borildi. Talabalar o‘rtasida bilimlarini sinash maqsadida savol-javoblar, rebus o‘yinlari va turli qiziqarli musobaqalar tashkil etildi. Tadbir yakunida talabalar uchun kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etilib, ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qildi.

Matbuot xizmati