- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali talabalari profilaktika katta inspektori O'.Xalikov va Veterinariya meditsinasi fakulteti mas’ullari hamkorligida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qarashli Ishchi ishlar organlari muzeyiga sayohat uyushtirdilar.
Ushbu sayohat talabalarga mamlakatda xavfsizlikni ta'minlash, huquq-tartibot idoralarining faoliyati bilan tanishtirish va yosh avlodda huquqiy ong hamda mas’uliyatni oshirish maqsadida tashkil etildi.
Muzeyga tashrif davomida talabalar Ichki ishlar organlarining tarixi, rivojlanish bosqichlari va bugungi kundagi faoliyati haqida keng ma’lumot oldilar. Muzeyda maxsus hujjatlar, huquq-tartibot tizimi faoliyatida ishlatilgan uskunalar, tarixiy suratlar va zamonaviy texnologiyalar ko'rgazmaga qo'yilgan. Shuningdek, turli xil favqulodda vaziyatlarda foydalanilgan transport vositalari, formalar va maxsus jihozlar ham namoyish etildi.
Talabalar muzeyda qator noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan: ichki ishlar organlarining turli davrlarda qo'llanilgan xizmat kiyimlari, jinoyatchilikni bartaraf etishda foydalanilgan tarixiy qurollar va jihozlar, huquq-tartibotni saqlashda qo'llanilgan zamonaviy texnologiyalar shular jumlasidandir. Bundan tashqari, muzeyda talabalar uchun interaktiv taqdimotlar o‘tkazilib, ichki ishlar organlarining bugungi kundagi jamiyatimizda tartib-intizomni saqlashdagi va jinoyatchilikni oldini oishdagi yutuqlari haqida ma'lumot berildi.
Mazkur sayohat orqali talabalar nafaqat huquq-tartibot organlari faoliyati bilan tanishdilar, balki, mamlakatizmizda xavfsizlikni ta'minlashdagi eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha bo‘lgan muhim qadamlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu tashrif yoshlarning huquqiy ongini oshirishga, vatanparvarlik ruhini kuchaytirishga va xavfsizlik masalalariga jiddiy yondashuvni shakllantirishga xizmat qildi.



Matbuot xizmati.