"Xavfsiz va sog'lom poytaxt" oyligi doirasida talabalar muzeyga tashrif buyurdi

"Xavfsiz va sog'lom poytaxt" oyligi doirasida talabalar muzeyga tashrif buyurdi

Toshkent shahrida 15-yanvardan 15-fevralga qadar o‘tkazilayotgan "Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" oyligi doirasida oliy ta’lim muassasalari va Toshkent shahar IIBB bilan hamkorlikda talabalar o‘rtasida narkotik moddalar iste’molining oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda huquqiy ongni oshirish maqsadida qator profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida profilaktika katta inspektori O‘.Xalikov hamda Texnologiyalar va Iqtisodiyot fakulteti tyutorlari va mas’ullari hamkorligida talabalar Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy majmua – Muzeyga tashrif buyurishdi.

 

Muzeyga tashrif davomida talabalar O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyatiga oid boy ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar. Muzey eksponatlari orasida Islom Karimov tomonidan amalga oshirilgan islohotlar, tarixiy hujjatlar, fotosuratlar va shaxsiy buyumlar namoyish etilgan. Talabalar O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillardagi qiyin sinovlar va ulkan muvaffaqiyatlar haqida ma’lumot olishdi.

Tashrif davomida talabalar milliy tariximizga bo‘lgan hurmat va iftixor hissini yanada chuqurroq his qilishdi. Ular muzeyda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, mamlakatimizning mustaqillikka erishish yo‘lida erishgan yutuqlarining muhimligini yanada teran anglab yetishdi.

Mazkur tashrif nafaqat yoshlarning tarixiy bilimlarini oshirdi, balki ularning vatanparvarlik hissini yuksaltirish va sog‘lom hayot tarziga bo‘lgan qiziqishini mustahkamlashga ham xizmat qildi.

 

 

Matbuot xizmati


Foydali manzillar