“Moziyga sayohat”: Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif uyushtirildi

“Moziyga sayohat”: Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif uyushtirildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularda Vatanimizning shonli tarixi va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida "Moziyga sayohat" dasturi doirasida Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Iqtisodiyot fakulteti mas’ullari boshchiligida talabalari Toshkent shahrida joylashgan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurib buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur va temuriylar davri madaniyati, tarixi hamda ilm-fan rivojiga oid qimmatli eksponatlar bilan tanishdilar. Talabalar sohibqiron Amir Temurning hayoti, harbiy yurishlari va yaratgan qudratli, ulkan davlatining tarixi haqida ma’lumot beruvchi noyob qo‘lyozmalar, xaritalar, buyumlar va tasviriy san’at asarlarini ko‘zdan kechirishdi.
Sayohat davomida talabalarda sohibqiron Amir Temur hayotidan ilhomlanib, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ulari yuksaldi. Mazkur tashrif yoshlarda milliy qadriyatlar va tarixiy bilimlarga bo‘lgan hurmatni oshirishga xizmat qilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

 

Matbuot xizmati


Foydali manzillar