“Harbiy xizmat itlarini kastratsiya va sterilizasiya qilish - asoslar, oqibatlar va hulqi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

“Harbiy xizmat itlarini kastratsiya va sterilizasiya qilish - asoslar, oqibatlar va hulqi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

2025-yil 21-yanvar kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali “Hayvonlar yuqumli va parazitar kasalliklari” kafedrasi assistenti J.K.Jo‘raev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti, Jamoat tartibini saqlash xizmati va xizmat itlari Naslchilik pitomnigi mutaxassislari uchun “Harbiy xizmat itlarini kastratsiya va sterilizasiya qilish - asoslar, oqibatlar va hulqi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Mazkur seminar-treningda xizmat itlarini parvarishlash, ularga nisbatan shavqatsiz munosabatda bo‘lishning oldini olish, shuningdek, bunday holatlarning oqibatlari xususida muhokama olib borildi.
Trening davomida J.K.Jo‘raev mutaxassislarga xizmat itlarida uchraydigan kasalliklar, ularning aniq tashxisini qo‘yish va davolash bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini taqdim etdi. Seminar xizmat itlari bilan ishlovchi mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan bo‘lib, xizmat faoliyatining samaradorligini oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.

 

Matbuot xizmati

 


Foydali manzillar