"Mendagi Vatan tuyg'usi va vatanparvarlik ruhi" mavzusida psixologik trening o'tkazildi

"Mendagi Vatan tuyg'usi va vatanparvarlik ruhi" mavzusida psixologik trening o'tkazildi

   Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida talaba-yoshlar o‘rtasida Vatanga bo‘lgan muhabbatni mustahkamlash, ularni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida joriy yilning 15-yanvar kuni Filial psixologi N. Norova "Mendagi Vatan tuyg'usi va vatanparvarlik ruhi" mavzusida psixologik trening tashkil etildi.
  Treninglar davomida N.Norova tomonidan talabalarda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va fuqarolik burchi hissini shakllantirish, ularda ijobiy psixologik muhit yaratish hamda shaxsiy va ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga katta e'tibor qaratildi. 

 
  Treninglar natijasida talabalarda vatanparvarlik hissi va milliy o‘zlikni anglash darajasi oshirilib, uning harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishlari kuchaytirildi.
   Shuningdek, psixologik treninglarda "O‘z-o‘zini anglash" (self-awareness) texnikasi orqali talabalarning o‘z ichki his-tuyg‘ularini aniqlab baholadilar. "Motivatsion vizualizatsiya" mashg‘uloti davomida talabalarning Vatanga bo‘lgan sadoqatni tasvirlashi va his qilishi orqali ularning individual motivatsiyasi kuchaytirildi. "Ijobiy tasdiqlar" (affirmations) texnikasi bilan esa talabalar o‘zlariga ishonch va fidoyilikni kuchaytiruvchi ijobiy iboralarni birgalikda takrorladilar.

Matbuot xizmati


Foydali manzillar