"Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" oyligi doirasida profilaktik tadbir o‘tkazildi

"Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" oyligi doirasida profilaktik tadbir o‘tkazildi

   Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 25-martdagi 06/12-sonli Qo'shma qarori asosida hamda Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i general-mayor A.A.Tashpo‘latov tashabbusi bilan 15-yanvardan 15-fevral kuniga qadar o‘tkazilayotgan "Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" oyligi doirasida joriy yilning 16-yanvar - "Talabalar xavfsziligi kuni"da profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
   Profilaktik tadbirlar davomida profilaktika katta inspektori podpolkovnik O‘.Xalikov tomonidan talabalarga Toshkent shahrida tinchlik va osoyishtalikni saqlash, jamoat tartibini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tun-u kun xizmat olib borayotgani to‘g‘risida ma'lumot berildi. Shuningdek, videorolik namoyish qilinib. o‘tgan yil davomida bir qator jinoyatlar, jumladan, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi vositalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoyatlar hanuz yuqori ko‘rsatkichda qolayotganligi talabalarga aytib o‘tildi. Shu bilan birga h
uquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan bu turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish borasida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 2024-yilda Toshkent shahrida aniqlangan 3 447 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, ulardan 2 413 tasi yoki 70 foizi internet tarmog‘i orqali amalga oshirilgani hamda olib borilgan tadbirlar davomida 238 kg 815 gramm giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar noqonuniy muomaladan chiqarilgani e'tirof etildi. Profilaktika katta inspektori ushbu giyohvandlik vositasi bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha javobgarlar safida 49 nafar talabalarning borligi achinarli holat ekanligini qayd etib, talabalarga bunday turdagi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari, sog‘lom turmush tarziga rioya qilib doimiy sport va fan to‘garaklarida faol qatnashishlari ta'kidlandi. 
   Bu jinoyatlarga qarshi yanada keskin kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida 2025-yil 15-yanvardan boshlab “Xavfsiz va sog‘lom muhit” maxsus profilaktik tadbirlar oyligi boshlangani talabalarga e'lon qilindi. Filialda 15-fevralga qadar davom etadigan ushbu oylik doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida tushuntirish ishlari va profilaktik tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etilishi aytib o‘tildi. Xususan, mazkur oylik davomida Filialda taqiqlangan buyumlarni olib yurish va noqonuniy faoliyatlar aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar yanada kuchaytirilishi hamda talabalar  o‘rtasida huquqiy bilim va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha maxsus seminarlar tashkil etilishi yuzasidan ma'lumotlar berildi.

 

 

Matbuot xizmati

 

 


Foydali manzillar