- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi vakillari ishtirok etdilar.
Filial direktori Tursagatov Jahongir Mamatovich tadbirni kirish so‘zi bilan ochib, Vatan himoyachilari kunining mazmun-mohiyatini alohida ta’kidlab o‘tdi. Filial direktori nutqi davomida milliy armiyamiz tomonidan erishilayotgan ulkan natijalarni qayd etib, bugungi kunda mamlakatimizning harbiy qudrati tobora yuksalib borayotganini alohida ta’kidladi. Vatan himoyasi yo‘lida o‘z hayotlarini bag‘ishlagan barcha harbiy xizmatchilarga chuqur minnatdorlik bildirib, ularning fidokorona xizmatlari evaziga yurtimizda tinchlik va osoyishtalik hukm surayotganini e’tirof etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligidan vakil – O'.X. Xudoyberdiyev va iste’fodagi podpolkovik L.X. Rahimov so‘zga chiqib, mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab milliy armiyamizni shakllantirish yo‘lida olib borilgan keng qamrovli islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdilar. Ular, shuningdek, yangi Oliy harbiy bilim yurtlari tashkil qilinib, kursantlarning zamonaviy standartlar asosida tayyorlanayotganligi, milliy armiyamizning bugungi kundagi mustahkam qudrati va uning dunyodagi o‘z o‘rniga ega ekanligi haqida ma'ruza qildilar.
Tadbir davomida talabalar tomonidan mardlik va vatanparvarlikni ulug‘lovchi she’rlar hamda kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, jangovar sahna chiqishlari namoyish etildi. Ushbu chiqishlar tadbir ishtirokchi va muhmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, tadbir davomida mamlakatimiz tinchligini ta’minlashda ulkan hissa qo‘shayotgan harbiylarning xizmatlari e’tirof etilib, talabalarga bugungi tinchlik va totuvlikning qadriga yetish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. Jumladan, Iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi mudiri Ch.Qulmatov o‘z ma’ruzasida tinchlik va osoyishtalikni saqlash yo‘lida har bir fuqaro mas’ul ekanligini ta’kidlab o‘tdi.




Matbuot xizmati