- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi munosabati bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni filial direktori Tursagatov Jahongir Mamatovich o‘zining samimiy bayram tabrigi bilan ochib, Qurolli Kuchlar xodimlariga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatdi. Filial direktori o‘z nutqida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan harbiylarimizni qutlar ekan, Vatan ravnaqi va barqarorligini asrab-avaylashni o‘z hayotiy burchi deb bilgan professor-o‘qituvchilar hamda talabalarimizga ham chuqur minnatdorlik bildirdi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazi xodimlari tomonidan sahna chiqishlari namoyish etilib, tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Tadbirda faxriy harbiylar so‘zga chiqib, yoshlarga vatanparvarlik va jasorat haqida o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan jangovar-harbiy sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.




Matbuot xizmati.