Talaba-qizlar o‘rtasida "Pazandchilik" musobaqasi uyushtirildi

Talaba-qizlar o‘rtasida "Pazandchilik" musobaqasi uyushtirildi

   Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida Iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi oyligi doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan talaba-qizlar o‘rtasida “Pazandachilik” musobaqasi tashkil qilindi.  Yuqori kayfiyat va qizg‘in ruhda o‘tgan musobaqa barcha ishtirokchi va kuzatuvchilarga manzur bo‘ldi.
 Mazkur musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad – talaba-qizlarning pazandachilik borasidagi qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning ijodkorlik salohiyatini oshirish hamda talaba-qizlar o‘rtasida milliy va zamonaviy taomlarni tayyorlash madaniyatini targ‘ib qilishdir.
  Tanlov davomida ishtirokchilar milliy va dunyo oshxonasining eng mashxur va nomdor taomlarini tayyorlab, o‘z mahoratlarini namoyon etishdi. Musobaqa ishtirokchilarining ijodiy ishlari nafaqat taomlarning ta’mi, balki, chiroyli bezak va taqdimot usullariga qarab ham baholandi.
   G‘olib va faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bunday tadbirlar talaba-qizlarning ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

 

Matbuot xizmati.


Foydali manzillar