Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi

Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi

    Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida 11-yanvar - “Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni”ga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
   Davra suhbati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida o‘tkazildi.
   Ushbu tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamentidan vakil - S.A.Berdiyev mehmon sifatida ishtirok etdi. Davra suhbati davomida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishning ahamiyati, milliy bog‘lar va qo‘riqxonalarimizning tabiiy boyliklari, shuningdek, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash choralari muhokama qilindi. 
   Suhbat davomida talabalarga mamlakatimiz tabiiy boyliklarini asrab-avaylash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

 

 

 

Matbuot xizmati


Foydali manzillar